Ushbu kitob Said ibn Ali ibn vahf al-Qahtoniyning "Hisnul Muslim – musulmonning qo'rg'oni" asari asosida tayyorlangan. Kitobda duoning ahamiyati, xosiyatlari, fazilatlari odoblari va duo ijobat bo'ladigan vaqtlar haqida imkon qadar batafsil yoritilgan. Payg'ambarlarning iltijolari, haj, Umra duolari va kundalik o'qiladigan zaruriy duolar o'rin olgan. Ayrim duolarga o'quvchilarga yanada tushunarli bo'lishi uchun izohlar berib o'tilgan.

