"Musulmon kishining axloqi" kitobi Islom dini ta’limoti asosida yuksak ma’naviy madaniyat va go‘zal xulq-atvorni shakllantirishga bag‘ishlangan. Unda Qur’oni karim va Rasululloh صلى الله عليه وسلم ning sahih hadislariga tayangan holda musulmon axloqining asoslari batafsil ochib berilgan. Muallif chinakam e’tiqod faqat toat-ibodatlardagina emas, avvalo, inson qalbining pokligi, niyatining xolisligi, xulq-atvorining go‘zalligida namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.
Kitobda rostgo‘ylik, sabr-toqat, kamtarlik, shukronalik, adolat, rahm-shafqat, ota-onani hurmat qilish, yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilish, kechirimli bo‘lish, yomonlik va takabburlikdan saqlanish kabi eng muhim fazilatlar izchil yoritilgan. Oila, jamiyat va ishbilarmonlik muhitidagi o‘zaro munosabatlarga alohida e’tibor qaratilib, musulmonning o‘z so‘zlari va xatti-harakatlari uchun mas’uliyati ta’kidlangan.

