Mashhur olim Muhammad Said Ramazon Butiyning ushbu “Musulmonlar hayotida Islom mohiyatini jonlantirish” nomli asari Islom dinining asl ma’nosi va ruhini chuqur ochib beradi.
Muallif ta’kidlaydiki, dinning mohiyati Allohni tanish bilan boshlanib, Unga ibodat va qullik bilan yakun topadi, bu ikki jihatsiz Islomning to‘liq shakli yuzaga kelmaydi.
Kitobda, shuningdek, Alloh taoloning muhabbatiga erishish, ibodatning iymonni mustahkamlashdagi roli, birodarlik va ijtimoiy hamjihatlikda masjidlarning ahamiyati keng yoritilgan.
Asar o‘quvchini ichki poklik, ixlos va iymonning haqiqiy mazmunini anglashga chorlaydi.
📘 Sahifalar soni: 176 bet
📏 Hajmi: 13×20 sm
📕 Muqova: Qattiq
🔠 Til: O‘zbek (kirill alifbosida)
🏢 Nashriyot: “Book Media Shop” MChJ qoshidagi “Munir” nashriyoti
👤 Muallif: Muhammad Said Ramazon Butiy
📱 Kitobning audio va elektron shaklini Munir Market ilovamiz orqali xarid qilishingiz mumkin.

