«Musulmon ayollarga maslahatlar» — har bir muslima ayolning hayotida muhim o‘rin tutadigan maʼnaviy qo‘llanma hisoblanadi. Ushbu kitobda islomiy qadriyatlarga asoslangan holda oiladagi muhabbat va hurmatni mustahkamlash, er-xotin munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, iymonni kuchaytirish va farzandlarni solix ruhda tarbiyalash bo‘yicha amaliy maslahatlar berilgan.
Kitob sodda va ravon tilda yozilgan bo‘lib, har bir o‘quvchiga tushunarli. Unda hayotiy misollar, foydali tavsiyalar va maʼnaviy o‘gitlar jamlangan. Har bir bo‘lim ayolning shaxsiy rivoji, sabri, masʼuliyati va oiladagi o‘rnini to‘g‘ri anglashga yordam beradi.
Ushbu kitob har bir muslima ayol, yangi turmush qurganlar, ona bo‘lganlar va maʼnaviy o‘sishni istagan barcha uchun ajoyib sovg‘a ham bo‘la oladi.

