Mushuklar uchun 6 tasi 1 da o‘yin kompleksi-kogtetochka — bu mushukning o‘ynashi, dam olishi, uxlashi, sakrashi va tirnoqlarini tabiiy charxlashi uchun mo‘ljallangan ko‘p funksiyali majmua. Mahsulot mushuk uchun alohida qulay joy yaratadi va mebel hamda devor qoplamalarini tirnalishdan himoya qilishga yordam beradi.
Kompleks bir nechta funksional zonalarni o‘z ichiga oladi:
Yumshoq qoplama mushuk uchun yoqimli va kundalik foydalanishga mos. Turli balandlikdagi platformalar mushukka o‘ynash, dam olish yoki atrofni kuzatish uchun o‘ziga qulay joyni tanlash imkonini beradi.
Ustunlardan biri tabiiy sizal bilan o‘ralgan bo‘lib, mushukning tirnoqlarini tabiiy ravishda charxlashi uchun mo‘ljallangan. Kogtetochka mushukning tirnoq charxlash ehtiyojini maxsus ajratilgan joyga yo‘naltirishga va mebel hamda oboylarga qiziqishini kamaytirishga yordam beradi.
Yopiq uycha mushukka tinchlanish, uxlash va yolg‘iz qolish uchun shinam joy beradi. Ichki qismi yumshoq yostiqcha bilan to‘ldirilgan.
Bir nechta pog‘ona va platformalar mushukni harakatlanishga, sakrashga va atrofni o‘rganishga undaydi. Osma koptokcha esa o‘yin jarayonini yanada qiziqarli qiladi.
✔ 6 tasi 1 da ko‘p funksiyali komplekss
✔ Tirnoq charxlash uchun tabiiy sizal
✔ Yumshoq va yoqimli qoplama
✔ O‘yin va dam olish uchun bir nechta pog‘ona
✔ Shinam yopiq uycha
✔ Osma o‘yinchoq
✔ Qulay yotoqcha
✔ Mushukchalar va katta mushuklar uchun mos
✔ Mebelni tirnalishdan himoya qilishga yordam beradi
✔ Mushuk uchun alohida o‘yin va dam olish hududini yaratadi
✔ Zamonaviy dizayn va interyerga mos ko‘rinish

