Hayotingizni bir kunga uzaytirish evaziga dunyodan nimani o‘chirib tashlagan bo‘lardingiz? Tanlov qilishga shoshilmang, chunki har bir yo‘qotishning o‘z badali bor...
Genki Kavamuraning ushbu asari inson ruhiyatining chuqur qatlamlariga nazar soladi. Bosh qahramon – og‘ir xastalikka chalingan yigit o‘z umrini uzaytirish ilinjida Iblis bilan kelishuvga rozi bo‘ladi. Har bir qo‘shimcha kun evaziga dunyodagi bitta buyum yoki tushuncha yo‘qlikka mahkum etiladi.
Muallif kundalik turmushimizning ajralmas qismiga aylangan buyumlar va tuyg‘ular ortiga yashiringan haqiqatlarni mahorat bilan ochib beradi. Asar o‘quvchini yaqinlaridan ayrilish, yolg‘izlik va kechirimlilik kabi mavzular ustida fikr yuritishga chorlaydi.

