Shirintoy bolajonlar! Ona Vatanimiz tuprog‘ida ungan mevalar shu qadar totliki, undan bahra olish uchun Marsdan ham mehmonlar kelishi mumkin. Mevalarimiz shirinligini bilamiz-u, lekin Marsdan mehmon kelishiga ishonmaymiz, deysizmi? U holda, qo‘lingizdagi kitobni mutolaa etib ko‘ring. So‘zimiz chinligiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.

