Murod Muhammad Do'stning "Lolazor" romani uzoq yillar- dan buyon keng kitobxonlar diqqat-e'tiborini oʻziga jalb qilib ke- layotgan asarlardan biri sanaladi. Roman voqealari muallif va asar qahramoni Saidqul Mardon tilidan bayon qilinadi. Xo'sh, Saidqul Mardon kim? U asardagi yagona g'olib shaxsmi yoki davrning qurboni? Yozuvchi ushbu obrazni xarakter darajasiga ko'tarish- da asosiy e'tiborni inson va jamiyat masalasiga qaratadi. Muallif turli toifaga mansub, jamiyatda turli mavqega ega shaxslarni yon- ma-yon tasvirlaydi. Natijada Saidqul Mardon xarakterining qirra- lari qabarib ko'rina boshlaydi. Uning insoniy fazilatlari, jumladan, odamlarga ishonuvchanligi, ularga nisbatan alohida mehri, hurmati boshqalar tomonidan munosib e'zozlanmasligi hayotiy lavhalarda ochib beriladi. Roman xilma-xil e'tiqoddagi kishilar munosabatini ifoda etishi jihatidan ham alohida ajralib turadi. Fikrimizcha, romanda yozuvchi odamlarni ikki toifaga ajratishni maqsad qiladi. Birinchi toifadagilar - hayoti davomida halollikni, vijdoni oldida poklikni bayroq qilib ko'targan kishilar. Ikkinchi toifadagilar - qalb, vijdon amriga emas, balki vaziyat, turmush sharoitidan kelib chiqib ish ko'ruvchilar.

