• A5 formatda, 336 sahifa
Faqat sevgan odamgina koyish huquqiga ega,
degan edi Turgenev. Unday bo‘lsa,
iste’dodli yozuvchining iztirobli kinoya, kuyinish
va istehzolarini millat sevgisiga, insonga
muhabbatiga yo‘yish mumkindir? Yuzga oyna tutgan
kishidan mamnun bo‘lish kerak. Millat xarakterini,
insoniylik mezonlarini ko‘zguga solgan adibdan esa
chandon minnatdor bo‘lmoq lozim.
Taniqli yozuvchi, davlat arbobi
Murod Muhammad Do‘st bir suhbatida
«Biz qo‘yday yuvosh qilib tasvirlagan xalq aslida
asov va chapani. U o‘z so‘zini baribir aytadi»,
degan edi. Xalqning asl muddaosi, millatning
ichkin dardi qog‘ozga tushirilgan muallifning
ushbu qissalari millatdoshlarga muborak bo‘lsin!

