Bu dunyoning biz bilgan va bilmagan sirlari, haqiqatlari juda ko‘p. Gohida tafakkur qilamiz, gohida shukr qilamiz, ular haqida fikr yuritib, xulosalar chiqaramiz. Murod Kalonxonning ushbu hikoyalar to‘plamida turli taqdirli insonlar hayoti ortiqcha bo‘yoqlarsiz, o‘ziga xos mahorat bilan tasvirlangan.

