• Nomi Muqaddima
• Muallif Ibn Xaldun
• Janr Falsafa, tarix, sotsiologiya, siyosiy tafakkur
• Format A5
• Muqova yumshoq muqova
Muqaddima asari Ibn Xaldunning eng mashhur va ta’sirchan ilmiy merosi hisoblanadi. Unda jamiyat tuzilishi, iqtisod, siyosat, madaniyat va inson omilining tarixiy jarayonlarga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Muallif davlatlarning kuchayishi va qulash sabablarini ilmiy yondashuv asosida izohlaydi.
Asarda asabiyya (ijtimoiy birlik), mehnat, bilim va axloqning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yoritilgan. Muqaddima bugungi kunda ham tarixchilar, sotsiologlar va siyosatshunoslar uchun muhim manba hisoblanadi.

