«Munir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi» asari Qur’on oyatlarining ma’nolarini o‘zbek tilida to‘liq, ravon va ishonchli tarzda yoritib beradi. Asar mashhur mufassirlarning quyidagi mu’tabar tafsirlariga asoslangan:
— Abu Barakot Nasafiy — Madorikut tanzil
— Abu Lays Samarqandiy — Bahrul ulum
— Ibn Kasir — Tafsiril Qur’oni azim
— Zamaxshariy — Kashshof
— Muhammad Sayyid Tantaviy — at-Tafsirul vasit
Kitobda suralarning mazmuni, fazilatlari, ular haqidagi hadis va rivoyatlar, nuzul sabablari batafsil bayon qilingan. Aqidaviy va fiqhiy oyatlar Maturidiy ta’limoti hamda Hanafiy mazhabi asosida izohlangan.
Ushbu nashr Qur’onni anglab o‘qish, tafakkur qilish va hayotga tatbiq etishni istovchi har bir musulmon uchun bebaho manbadir. Ilm talabalariga ham, oddiy o‘quvchilarga ham birdek foydali.
📘 Sahifalar soni: 624
📏 Bichimi: 21×26 sm
📕 Muqova: Qattiq
🇺🇿 Til: O‘zbek (kirill yozuvi)

