Nozik fatindan va gipyurdan tikilgan, munchok bilan bezatilgan hashamatli kechki libos. Ko‘p qatlamli material tufayli libos tanaga chiroyli yotadi va harakatda yorqin jilolar beradi. Bezaklar "to‘lqin naqshi" tarzida joylashtirilgan bo‘lib, libosga yanada nafis ko‘rinish bag‘ishlaydi.
Libosning uslubi tana bo‘ylab yopishiq, qomatni nozik va uzun ko‘rsatadi. Yelka qismi ochiq bo‘lib, mayin volancha detallar bilan bezatilgan. Old va orqa tomondagi V-ko‘rinish kesimi libosga nafislik va ayollik bag‘ishlaydi.
Libos ichida juda qulay vshito qilingan formada ko‘krak chashkalari mavjud. Bu esa qo‘shimcha brasiz kiyishga imkon beradi va libosning yaxshi shaklda turishini ta’minlaydi.
Yubka pastga tomon biroz kengayib, chiroyli "baliq dum" effektini hosil qiladi.
Har bir rang jilosi bilan uyg‘unlashib, bayram, to‘y, oqshom tadbirlari yoki fotosessiyalar uchun juda mos bo‘lgan hashamatli obraz yaratadi.

