• 900 Vt quvvat
• 24 soat oldindan sozlanadigan taymerli katta LED displey
• Oson tozalanadigan, yopishmaydigan qoplamali pishirish idishi
• 11 ta dastur tanlovi: guruch, sekin pishirish, dimlama, go‘sht, baliq, sho‘rva, bug‘da pishirish, yogurt, suli bo‘tqasi, non/tort
• Issiqni saqlash funksiyasi
• Kondensatsiyaga qarshi qopqoq
• Zanglamaydigan po‘latli korpus bezagi
Multivarka 21850-56/RH Multi Cooker
Bu multivarkada go‘sht, baliq va sabzavotli taomlarni tayyorlash mumkin. U orqali tort pishirish, mayin guruch damlash va hatto yogurt ham tayyorlash mumkin. Unda 11 ta funksiyalar mavjud bo‘lib, deyarli har qanday retseptga mos keladi. 5 litrli hajmi esa butun oila uchun yetarli ovqat tayyorlash imkonini beradi.
Shuningdek, unda issiqni saqlash funksiyasi mavjud — agar siz hali ovqatlanishga tayyor bo‘lmasangiz, u ovqatni issiq holda saqlaydi va qurib qolishining oldini oladi. Kondensatsiyaga qarshi qopqog‘i va oson tozalanuvchi zanglamaydigan po‘lat korpusi nafaqat qulay, balki ko‘rkam ham ko‘rinadi.

Katta hajm
900 Vt quvvat va oson tozalanadigan, yopishmaydigan qoplamali 5 litrlik katta hajmli olinadigan pishirish idishi bilan.

