Multilevel mock expert, Misiraliyev Akobir, Listening-Reading-Writing-Speaking bir kitobda
Betlar soni: 400
Muqova: Yumshoq
Yil: 2026
Mazkur "Multilevel Mock EXPERT" o'quv qo'llanmasi ingliz tilini o'rganish va ingliz tili bo'yicha nufuzli sertifikatlarga tayyorgarlik ko'rish jarayonidagi eng ishonchli hamrohingizdir. Kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq DTM) tomonidan ingliz tili darsliklari va qo'llanmalariga qo'yilgan yangi talab hamda standartlar asosida ishlangan.
Qo'llanma foydalanuvchilarga ingliz tili bo'yicha o'zlashtirgan bilimlarini xolisona tekshirish, amaliyotda sinab ko'rish va ko'nikmalarni mustahkam poydevor bilan boyitishga xizmat qiladi.
KIMLAR UCHUN MO'LJALLANGAN?
Oliy o'quv yurtlariga tayyorgarlik ko'rayotgan abituriyentlar, maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o'quvchilari;
Ilmiy faoliyatini davom ettirish istagidagi magistratura va doktorantura talabgorlari;
Ingliz tili bo'yicha "Milliy sertifikat" (CEFR), shuningdek, "IELTS", "TOEFL" va "iTEP" kabi xalqaro darajadagi sertifikatlarni qo'lga kiritishni maqsad qilganlar;
tili fani o'qituvchilari, repetitorlar va til o'rganishga qiziquvchi barcha.

