• Nomi (UZ) Multilevel Master Listening (B1–B2–C1)
• Muallif (UZ) Yusuf Mirjonov, Jaloliddin Qutlimov
• Janr (UZ) Ingliz tili, listening, testga tayyorgarlik
• Daraja (UZ) B1 – B2 – C1
• Format (UZ) A5
• Muqova (UZ) Yumshoq muqova
Multilevel Master Listening — bu B1, B2 va C1 darajalari uchun mo‘ljallangan amaliy listening qo‘llanma. Kitob test formatidagi mashqlar, real hayotga yaqin audio matnlar va bosqichma-bosqich murakkablashib boruvchi topshiriqlarni o‘z ichiga oladi. Mualliflar tinglab tushunishdagi asosiy muammolarni yengishga, kalit so‘zlarni ajratib olishga va umumiy mazmunni tez anglashga yordam beradigan metodikani taklif etadi. Audio materiallar Telegram orqali taqdim etiladi, bu esa mustaqil o‘rganishni yanada qulay qiladi. Kitob imtihonlarga tayyorlanayotganlar va listening darajasini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun mos.

