Tovar tavsifi:
Ushbu qo'llanma Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM) tomonidan ingliz tili o'quv qo'llanmalari va darsliklariga qo'yilgan talab va shartlari asosida tayyorlangan. Kitob abituriyentlar, maktab o'quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o'quvchilari, magistratura va doktoranturaga kirishga talabgorlar hamda "CEFR", "IELTS", "TOEFL" sertifikatlariga intilayotganlar uchun mo'ljallangan. Shuningdek, ingliz tili fani o'qituvchilari va repetitorlari uchun ham samarali metodik manba hisoblanadi.
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi "Genius international school" maktabida pedagogik kengash muhokamasidan o'tgan va nashrga tavsiya etilgan. 30 kunlik intensiv marafon tizimiga asoslangan mazkur 256 sahifali kitob audio materiallar va QR-kodlar bilan ta'minlangan bo'lib, imtihonlarda yuqori natija qayd etishingiz uchun eng ishonchli yordamchidir.
Tovar xususiyatlari:
Kitob nomi: Multilevel 30-Day Listening Marathon (B1-B2-C1)
Mualliflar / Tuzuvchilar: G'anisher Choriyev, Shohruh Toshmurodov
Taqrizchilar: M. X. Gulyamova (PhD), E. T. Avezov (PhD)
Nashriyot: "Oltin qalam" nashriyoti
Nashr yili: 2024
Sahifalar soni: 256 bet
ISBN: 978-9910-5133-0-5
UOʻK / KBK: UOʻK: 811.111(075.4), KBK: 89.4 Ch 77
Til | Ingliz tili, O'zbek tili
Yosh cheklovi: 12+ (Abituriyentlar va til o'rganuvchilar uchun)
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O'zbekiston


