Mark Avreliy — nafaqat kuchli imperator, balki donishmand faylasuf sifatida ham tarixda iz qoldirgan shaxsdir. Uning “MULOHAZALAR” asari — bu oddiy kitob emas. Bu ruhiy o‘sish, ichki sokinlik, va hayotiy dono qarorlar manbaidir.
Ushbu asar o‘ziga xos tarzda Mark Avreliyning kundalik hayotdagi tafakkur, kuzatish va o‘z-o‘ziga yozgan maslahatlaridan iborat. U urush, yo‘qotish, og‘riq, mas'uliyat va kuchli bosim ostida ham qanday qilib inson o‘z shaxsiyatini saqlab qolishi mumkinligini ko‘rsatadi.

