Ilmi sarf haqida fors tilida yozilgan «Bidon», «Sharhi Abdulloh» va boshqa kitoblar bor, bular o‘rganish uchun muvofiq va qulay asarlardandir. Ammo turkiyzabon o‘quvchilar uchun ham shunday qulay risola bo‘lishini e’tiborda tutib, bu kamtarin Do‘stmuhammad Nasriddin mazkur asarlardan eng zarur qoidalarni saralab, baqadri toqat o‘zbek tiliga o‘girdim. Sababkim, toliblarga til qoidalari o‘z tillarida o‘qitilsa, ular yaxshi tushunib, tez muddatda maqsadga yetishlari oson bo‘ladi. Ana shu foydalarni ko‘zlab, xalqimizga bir ojizona xizmat qilish va mustaqillik ma’naviyatiga hissa qo‘shish niyatida ushbu asarga qo‘l urdim. Ushbu asarning yuzaga kelishiga rozi bo‘lib, xayrxohlik qilgan kishilarning dunyoyu oxiratlari obod bo‘lsin. Omin yo Rabbal Olamiyn!
Do‘stmuhammad Nasriddin Bodariy

