Islom olamidagi buyuk zotlardan biri doktor Muhammad Said Ramazon Butiy hazratlarining olim bo'lib yetishishlarida otalari mulla Ramazon hazratning ta'lim-tarbiyasi muhim o'rin tutadi. Zero, u zotning birinchi muallimi muhtaram otalari sanaladi. Mulla Ramazon hazrat zamonasining yetuk ziyolilaridan biri edilar. U zotning hayot tarzi, ibodatu itoati o'ziga xos ibrat maktabi edi. Ushbu kitobda Muhammad Said Ramazon Butiy hazratlari otasining ana shu ibratli hayoti va ilmiy-irfoniy faoliyati haqida hikoya qiladilar.

