Vaqt shiddat bilan o‘tib bormoqda. Bugun nima voqealar bo‘lganini anglab ulgurmay ertangi kunning tongi otmoqda. Bo‘lgan voqea-hodisalardan xulosa chiqarish, bir to‘xtamga kelish, javob topish uchun vaqt kerak bo‘lib qolmoqda.
Muhammad Ismoilning ushbu kitobida bugungi kunning otash nafasi, o‘ylari, og‘riqlari, kechinmalari va o‘ziga xos xulosalari aks etgan. Har bir inson bu dunyoga kelar ekan, albatta, uning bu hayot haqida aytar so‘zlari bo‘ladi. Ushbu kitob orqali Muhammad Ismoil ham o‘z so‘zlarini aytmoqda. Marhamat, zamondoshingizning so‘zlarini o‘qib ko‘ring. Balki, u, sizga maʼqul tushar. Balki, u sizning ko‘nglingizdagi so‘zlarni yozgandir. Agar shunday bo‘lsa, biz ushbu kitobni chop etib yanglishmagan bo‘lamiz.
Har holda ushbu kitob ezgulik sari “Taraddud”dir!

