Mazkur risola muhaddislar sultoni, buyuk vatandoshimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (194 - 256 h./810-870 m.) tomonidan bitilgan, «Sahihi Buxoriy» nomi bilan shuhrat qozongan shoh asar - «Al-Jomeʼ as-sahih» («Sog‘lom hadislar to‘plami») kitobida keltirilgan uch roviylik 22 ta sahih hadisi sharifning sharhiga bag‘ishlangan. Ushbu kitob musulmon ilm-fanida Qurʼoni karimdan keyin turuvchi, bashariyat tomonidan bitilgan eng ishonchli manba deb tan olingani maʼlum. Bu 22 ta rivoyat esa mazkur kitobning eng sahih va eng ishonchli hadisi shariflaridir. Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
2020 yilda Buxoro shahrining «Islom madaniyati poytaxti» deb eʼlon qilinganiga bag‘ishlanadi
Tadqiqot, tarjima va sharh muallifi: Hamidulloh Aminov (Hamidulloh Beruniy)

