Islomning Payg‘ambari — Muhammad (s.a.v.) haqida yangi va zamonaviy talqindagi ikki jildlik katta asar!
Qo‘lingizdagi ushbu asar,Islom olimi Dr. Muhammad Hamidulloh tomonidan yozilgan. Kitob Rasululloh (s.a.v.)ning siyratiga o‘zgacha nazar bilan qarashni o‘rgatadi va sizni olamlarga rahmat bo‘lgan zotning hayoti bilan chuqur tanishtiradi.
Nima uchun bu kitob boshqalardan ajralib turadi?
Bu asar, Rasulullohning siyratlarini zamonaviy shaklda talqin qilib, qaytadan kashf qilishingizga yordam beradi. Rasululloh (s.a.v.)ning hayotlari va sunnatlarini zamonaviy talqinda o‘rganar ekansiz, har bir ishlarida buyuk ibrat va hikmatlar borligini yana bir bor amin bo‘lasiz. Shuning uchun ham nafaqat musulmonlar, balki g‘ayridinlar ham asrlar davomida Rasululloh alayhissalomning siyratlarini tatqiq etib kelganlar.

