Maxfiy xizmat agentlarining xavfli hayoti. Gohida har soniya, har daqiqada o‘lim bilan to‘qnash kelgan, Vatan manfaatini jonidan ustun qo‘ygan mard yigitlarning jasorati, ezgulik va yovuzlik, sadoqat va xiyonat, poklik va rohat, iymon va hirsning abadiy kurashi. Tabiiyki, bunday keng miqyosda namoyish etilayotgan voqealar ko'pchilikni qiziqtiradi.
Iste’dodli yozuvchi Nuriddin Ismoilovning ushbu sarguzasht asarida sho‘rolar davrida maxfiy xizmatlar tizimida ishlagan o‘zbek yigitining o‘ta qiziqarli va o‘ta xavfli faoliyati tasvirlangan.

