Maxfiy xizmat ayg‘oqchilarining jo‘shqin hayoti xavf-xatarlarga to‘la. Ba’zan har soniya, har daqiqada o‘lim bilan yuzma-yuz kelgan, Vatan manfaatlarini o‘z hayotidan ustun qo‘ygan jasur yigitlarning jasorati ezgulik va yovuzlik, vafo va xiyonat, poklik va ifloslik, e’tiqod va ochko‘zlik o‘rtasidagi abadiy kurashdir. Voqealarning bunday keng qamrovliligi ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Iste’dodli yozuvchi Nuriddin Ismoilovning ushbu sarguzasht hikoyasi sovet davrida maxfiy xizmatda ishlagan yosh o‘zbekning o‘ta qiziqarli va o‘ta xavfli faoliyatini tasvirlaydi.

