Stella Grant o‘zi qaror chiqarishni yaxshi ko‘radi. U o‘zining xasta o‘pkasinigina nazorat qila olmaydi va uni deb tez-tez shifoxonaga tushib turadi. O‘ziga boshqa kasallik yuqmasligi uchun u oraliq masofa saqlashi shart. Hamisha bir yarim metr. Hech qanday istisnolarsiz.
Uill Nyuman shifoxonadan qochib ketishni orzu qiladi. U atayin dorilarni ichmaydi, sinov muolajalari imkoniyatini pisand qilmaydi. Tez orada Uill o‘n sakkizga to‘ladi, o‘shanda hamisha orzu qilganidek sayohatga otlanadi.
Uill Stellaning hayoti uchun halokatli xavf tug‘diradi. U tufayli qiz yangi o‘pka jarrohligidan mahrum bo‘lishi mumkin. Hayotini saqlab qolishning bitta sharti - iloji boricha Uilldan olisroq yurish. Unday bo‘lsa nima uchun bu bir yarim metr masofa ikkisini jonini azoblaydi?
Stella va Uill xastalikdan yarim metrni o‘g‘irlashga tayyor. Agar bu ikkisining yuragini azoblardan himoya qilsa, bu unchalar ham xavfli emasdir?
Sahifa-238
Muqova yumshoq

