Hikoya ikki yosh — Stella va Uill haqida. Ularning ikkalasi ham og'ir xastalik (kistik fibroz) bilan kurashmoqda. Ularning bir-biriga yaqinlashishi hayoti uchun xavfli, shu sababli ular hamisha 1,5 metr (5 fut) masofani saqlashlari shart.
Stella tartib-intizomga amal qiladi, Uill esa bu qoidalardan charchagan. Biroq, ular o'rtasidagi paydo bo'lgan tuyg'u har qanday qoidalardan kuchliroq bo'lib chiqadi. Ular xastalikdan o'zlarining yarim metr masofasini "o'g'irlashga" qaror qilishadi. Xo'sh, bu tavakkal ularni qayerga yetaklaydi?

