Ushbu kitobda Shayx Alijon qori Fayzulloh Mahdum o‘g‘li tomonidan tayyorlangan QR-kodlar orqali eshitiladigan arab alifbosi, tajvid qoidalari va Qur’oni karimning o‘ttizinchi porasi tilovati jamlangan.
Asar Ahmad Hodiy Maqsudiyning mashhur “Muallimi Soniy” kitobi asosida qayta nashrga tayyorlangan bo‘lib, unda tajvid qoidalari, arab harflarining maxrajlari va to‘g‘ri talaffuz masalalari batafsil bayon etilgan.
Mazkur darslik Qur’oni karimni o‘rganishni niyat qilgan boshlovchi o‘quvchilar uchun dastlabki manba bo‘lib xizmat qiladi.
Kitob bilan birga audio materiallar (QR-kod orqali) yordamida to‘g‘ri talaffuzni o‘rganish, har bir harfni eshitib mashq qilish imkoniyati yaratilgan.
📘 Mualliflar: Ahmad Hodiy Maqsudiy, Shayx Alijon qori Fayzulloh Mahdum o‘g‘li
🏢 Nashriyot: “Muharrir”
📅 Nashr yili: 2023
📄 Hajmi: 80 bet
📐 O‘lchami: 70×100 1/16
📗 Muqovasi: yumshoq
🕋 Qur’on nuri qalbingizni va xonadoningizni munavvar etsin, aziz o‘quvchilar!

