Qo‘lingizdagi kitobning yaratilganiga bir asrdan oshgan bo‘lsada, hali-hamon o‘quvchilar orasida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Balki uslubining soddaligi, o‘zlashtirish oson bo‘lganligi bois ko‘plab ilm toliblari qalbidan joy olgan va hanuzgacha qayta-qayta chop etilmoqda.
Risola Qurʼoni karimning Qozon bosma xati uslubiga muvofiq yozilgan va o‘quvchiga boshlang‘ich tajvid qoidalari tushuntirib o‘tilgan. Kitob oxirida Qurʼoni karimning 30-porasi tajvid qoidalari asosida tegishli ranglar bilan belgilangan holda keltirilgan.

