Ushbu qo‘llanma Qur’oni karimni to‘g‘ri o‘qish va arab alifbosini o‘rganishni niyat qilgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tajvid qoidalari, harflarning mahrajlari hamda 30-poraning tilovatini o‘z ichiga oladi.
Qo‘llanmada zangori, qizil, ko‘k va havo ranglar orqali idg‘om, ixfo, iqlob, tafxim, qalqala kabi tajvid qoidalari hamda vaqf belgilar (lozim, joiz, vasl afzal va boshqalar) batafsil bayon qilingan.
Asosi bo‘yicha qayta ishlangan bu kitob sodda uslubi va oson o‘zlashtiriladigan tuzilishi bilan bir asrdan ortiq vaqt davomida ilm talabalarining qalbidan joy olib, doimiy ravishda qayta nashr qilinmoqda.
Qo‘llanmada 30-poraning tilovati tajvid qoidalariga muvofiq ranglar bilan belgilangan, shuningdek, QR-kodlar orqali ovozli tarjima va tilovat taqdim etilgan bo‘lib, bu o‘quvchilarga bir vaqtning o‘zida o‘qish va eshitish imkonini beradi.
Kitob Qur’oni karimni chuqur o‘rganishga intiluvchilar uchun muhim manba bo‘lib, ma’naviy tarbiya va dinni o‘rganishga xizmat qiladi.
Kitob sifati:

