LF-USB6 MP3 dekoder platasi eski yoki nosoz audio tizimlarni modernizatsiya qilish va qayta tiklash uchun mo‘ljallangan. Modul USB fleshka, TF (MicroSD) karta va AUX kirishi orqali musiqani ijro etish imkonini beradi.
Plata DC 5V yoki 12V doimiy tok bilan ishlaydi, bu esa uni turli DIY loyihalar, sabvuferlar, kolonkalari va avtomobil audio tizimlarida qo‘llashga qulay qiladi. To‘plamga masofadan boshqarish pulti kiradi, bu esa foydalanishni yanada qulaylashtiradi.
Dekoder MP3, WMA, WAV, FLAC va APE formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Xotira funksiyasi mavjud — elektr uzilgandan so‘ng modul oxirgi ijro etilgan trekni eslab qoladi.
Modulda kuchaytirgich (usilitel) mavjud emas, shu sababli tashqi kuchaytirgich yoki aktiv akustikaga ulab ishlatiladi.
⚠️ Muhim:
– Bluetooth qo‘llab-quvvatlanmaydi
– Dinamiklarni bevosita ulash mumkin emas, tashqi kuchaytirgich talab etiladi

