Bu dunyo, asli, biyobon. Odamlar unga turfa sinovlar uchun yuborilgan. Kimdir bu sinovlardan sharaf bilan o‘tadi, inson degan nomiga dog‘ tushirmaydi. Kimdir esa, aksincha, nega kelganini unutib, hech qanday razillikdan qaytmaydi. Kitobdagi qissalar va novellalarda ana shunday turfa taqdir egalari haqida hikoya qilinadi. Uni o‘qigan kitobxon ruhiyati tozarishiga, ko‘nglidagi ezgu tuyg‘ulari yanada ortishiga ishonamiz.

