Adibning xotiralarida keltirilishicha, “Mo‘ynali mantodagi Madonna” muallif harbiy xizmatni o‘tayotganda qo‘li singan paytda yozilgan. Yozuvchi asarni yozayotganida og‘riqni bosish uchun qo‘lini bot-bot sovuq suvga pishib-pishib olgan ekan. Ta’bir joiz bo‘lsa, “Mo‘ynali mantodagi Madonna” Sabahaddin Alining tizzasi ustida yozilgan asardir.




