Yer sayyorasi haqidagi kitob "Mening birinchi kitobim..." turkumi bolaga bizning sayyoramiz, uning tuzilishi haqida tushunarli va qiziqarli tilda hikoya qiladi, Yerning tug‘ilishi, uning Quyosh sistemasidagi o‘rni haqida dastlabki tasavvurlarni beradi, tabiatning turli mo‘jizalari va hodisalari bilan tanishtiradi. Nashr materiklar va dunyo qismlari, dengiz va okeanlar, turli iqlim zonalari, o‘simlik va hayvonot dunyosi xususiyatlari haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kitob 200 dan ortiq rangli rasmlar va sxemalar bilan ta’minlangan.

