• Nomi: Mening ideal bo‘lmagan terim
• Muallif: Uitni Bou (Kristin Lobert ishtirokida)
• Janri: Tibbiyot, dermatologiya, sog‘lom turmush tarzi
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
• Sahifalar soni:295
Kitobning asosiy afzalligi — uning ilmiy asoslanganligi va bosqichma-bosqich dasturi. Muallif 21 kunlik aniq rejani taklif etadi: 6 ta maxsus niqob, 20 ta mashq, 18 ta sog‘lom taom va 9 xil vitamin orqali tanani ichkaridan va tashqaridan tiklash usullari beriladi. Uitni Bou terining holatini faqat kosmetik vositalar bilan emas, balki butun organizm sog‘lomligi bilan bog‘laydi. Shu bois, kitob faqat tashqi ko‘rinishni yaxshilash emas, balki ichki sog‘liqni ham mustahkamlashga yordam beradi. Har bir bobda oddiy va amaliy maslahatlar jamlangan. Bu qo‘llanma o‘z terisi bilan bog‘liq muammolardan charchaganlar uchun haqiqiy yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi.

