Kitobda boy odamlar dabdabali hayot kechirmasligi, aksincha tejamkorlik, intizom va uzoq muddatli reja asosida yashashi ko‘rsatib beriladi. Asar real hayotiy misollar va statistik ma’lumotlarga boy bo‘lib, o‘quvchiga pulni to‘g‘ri boshqarish, jamg‘arish va moliyaviy xatolardan qochishni o‘rgatadi.
Ushbu kitob moliyaviy bilimini oshirmoqchi bo‘lganlar, tadbirkorlar va hayotini o‘zgartirishni istagan har bir inson uchun foydali qo‘llanmadir.

