Motul 7100 10W-40 — zamonaviy 4-taktli skuter va mototsikllar dvigatellari uchun ishlab chiqilgan premium toifadagi to‘liq sintetik motor moyi. Ester Core® texnologiyasi asosida yaratilgan bo‘lib, yuqori yuklama va ekstremal haroratlarda ham dvigatelni maksimal darajada himoya qiladi.
Moy a’lo darajadagi moylash xususiyatlariga ega, ishqalanish va detallar yeyilishini kamaytiradi hamda dvigatel xizmat muddatini uzaytiradi. Keng harorat diapazonida yopishqoqligini barqaror saqlaydi, sovuq holatda oson ishga tushirishni ta’minlaydi va shahar sharoitida intensiv foydalanishda ham samaradorligini yo‘qotmaydi.
Nam mufta (mokroe ssepleniye) tizimlari bilan mos keladi, uzatmalarni silliq almashtirishni ta’minlaydi va sirpanishni oldini oladi. Zamonaviy sifat standartlariga javob beradi va ko‘pgina skuter hamda mototsikllar uchun mos keladi.
Afzalliklari:

