Shell Helix Ultra 0W-20 SP – zamonaviy benzin va dizel dvigatellari uchun mo‘ljallangan premium to‘liq sintetik motor moyi. Shell kompaniyasining PurePlus Technology texnologiyasi asosida tabiiy gazdan ishlab chiqarilgan sintetik bazaviy moydan tayyorlangan bo‘lib, dvigatelni yuqori darajada himoya qiladi va uning maksimal unumdorlikda ishlashini ta'minlaydi.
Motor moyi dvigatelning ishqalanishini kamaytirishga, yoqilg‘i sarfini optimallashtirishga hamda dvigatel qismlarining eskirishini oldini olishga yordam beradi. Past haroratlarda dvigatelning tez va oson ishga tushishini ta'minlaydi, yuqori haroratlarda esa o‘zining himoya xususiyatlarini saqlab qoladi. Ichki qismlarda zararli cho‘kindilar hosil bo‘lishining oldini olib, dvigatelning tozaligini uzoq muddat saqlashga ko‘maklashadi.
Shell Helix Ultra 0W-20 SP API SP va ILSAC GF-6A standartlariga mos keladi hamda zamonaviy avtomobillarning ekologik va texnik talablariga javob beradi. Gibrid tizimga ega avtomobillar uchun ham mos bo‘lib, kundalik foydalanish, shahar sharoitida harakatlanish va uzoq masofali safarlar uchun ajoyib tanlov hisoblanadi.

