Janob Byork ushbu kitobga kirish va yakunlovchi mulohazalarni taqdim etar ekan, shunday deydi: "Odamlar nima qilayotgani va buni nima sababdan qilayotgani haqida so‘z yuritganimizda, aslida gap nima haqida ketadi? Ushbu savolga javob mazkur kitobning mavzusini tashkil etadi. Kitob insonlar dunyoni muqarrar ravishda idrok etish xususiyatiga mos keladigan va motivlarni (harakat sabablarini) belgilashda namoyon bo‘ladigan asosiy tafakkur shakllari xususida so‘z yuritadi".

