Ushbu kitob insonni umrning har lahzasidan unumli foydalanishga, o‘zgalarga mehr ulashishga, har bir o‘zgarish va xatti harakatdan hikmat qidirishga, bir so‘z bilan aytganda, shunchaki yashamaslikka o‘rgatadi.
Yozuvchi yoziqlari orqali ruh tetikligi har narsaga qodirligini, ruhiyat kuchli bo‘lsa, inson tabiatini ham go‘zallashtirib borishini ko‘rsatib o‘tadi.
Mazkur asar orqali kitobxon yaqinlarining qadrini, sog‘likning naqadar zarurligini, umrning qanchalik bebaholigini anglaydi va hayotiga o‘zgacha ko‘z bilan qaray boshlaydi.

