Arsen Lupenning zava-shavqqa boy qiziqarli hayoti, qotilliklar, bosqinchilik va talonchiliklar,olishuvlar, tergov va sud jarayonlari, izquvar va politsiyachilar bilan bog'liq g'aroyib voqealar muallif tomonidan o'ta mahorat bilan bayon etilgan. O'sha davrga oid go'zal va mahobatli qasrlar, ulkan kemalar, qimmatbaho marjon-u taqinchoqlar, kiborlar olami va oddiy odamlarning xulq-atvori, sevgi qismati va ayriliqlar sizni befarq qoldirmasligi aniq.

