Morgan Hauzelning «Pul psixologiyasi» kitobi pul bilan bo‘lgan munosabatingizni tom maʼnoda o‘zgartirib yuborishga qodir degan umidda sizga ushbu asarni tortiq etmokdamiz. Asarni mutolaa qilar ekansiz, pulni samarali boshqarishda moliyaviy yoki matematik bilimlar emas, kishining xulq-atvoriyu turli keskin pallalarda o‘zini qanday tutishi muhimroq rol o‘ynashi kundek oydinlashib boraveradi. Qolaversa, kitobda sizga doimiy hamrohlik qiladigan boylikka tejamkorlik, kamtarlik va ehtiyotkorlik singari insoniy xislatlar bilan erishilishi hayotiy dalillar va o‘rinli misollar bilan isbotlab berilgan. Umid qilamizki, ushbu asar butun o‘zbek kitobxonlari uchun foydali manbaga aylanadi.

