Amerika romantizmining buyuk vakili, adabiyotshunos va muhar-
rir, zamonaviy detektiv janrining asoschisi, yozuvchi va shoir Edgar
Allan Poning ijodini asosan ko'plab fojiali, fantastik, hajviy hikoyalar
tashkil etadi.
Edgar Poning detektiv hikoya janrida orttirgan tajribalari A.K.Doyl,
R.L.Stivenson, G.Chesterton singari yozuvchilar ijodida an'ana sifatida
foydalanilgan, she'riy ijodi esa fransuz va rus ijodkorlariga ta'sir ko'r-
satgan.
"Bostonlik" taxallusi
Yozuvchining "Bostonlik" taxallusi bilan "Buyuk Temur va boshqa
she'rlar" nomli ilk she'riy to'plami, shuningdek, "Ligeyya", "Morg ko'-
chasidagi qotillik", "Tilla qo'ng'iz", "Vaqt o'rog'i", "Sukunat", "Yurak gu-
puri", "Vabo qiroli", "Mashhurlikning intihosi", "Qora mushuk" singari
ko'plab hikoyalari, shu bilan birga bir qator she'rlari ham o'zbek tiliga
tarjima qilingan.
Ushbu to'plamda Edgar Allan Poning hikoya janridagi asarlari jam-
langan.

