18 yoshida nemis banklarini o‘margan, 16 yoshida ichkilikboz bo‘lgan, tasodifan bir odamni urib o‘ldirgan, dozani oshirib yuborib o‘lgan, fiziologik jihatdan bir vaqtning o‘zida ham ayol, ham erkak bo‘lib tug‘ilgan... Sizning oldingizda YouTubedagi Onliner kanalining deyarli bir yarim million obunachisini qiziqtirgan oddiy odamlarning aql bovar qilmas hikoyalari yozilgan kitob turibdi. Kitobda mualliflar kanalning sahna ortidagi hayotini ham batafsil tasvirlaydilar - ishning texnik va ijodiy jihatlarini oson va tushunarli tilda tushuntirib, daromad, g‘alaba va mag‘lubiyatlar haqida hamda shov-shuv, siyosat, bachkana hazil va arzon dramalarsiz auditoriyani qanday qo‘lga kiritish haqida so‘z yuritadilar.

