Kitobxonlarga "Kuz simfoniyasi","Dunyoni qutqarmagan go'zallik","Mona Liza tabassumi" va "Sevdik,kuldik,yig'ladik" nomli kitoblari bilan tanish bo'lgan yozuvchi va essenavis Sherzod Ortiqovning mazkur kitobi adibning badiiy olamidagi evrilishlar natijasida shakllangan dunyoqarashi orqali hayot va jamiyatga personal munosabati,shaxs murakkabliklarining tanazzuli va ruhiy kechinmalari tahlili,ushalmaydigan orzular va nihoyasiz iztiroblar ichra kechayotgan,ijtimoiy muammolar og'rig'idan aziyat chekib,unsiz faryod urayotgan kichkina odamlar qismati bilan o'quvchini yaqindan tanishtiradi.

