MONO brendining oq rangli kompyuter (internet) rozetkasi Cat.6 (RJ-45) modulasiga ega bo‘lib, yuqori tezlikdagi ma'lumot uzatish va barqaror internet aloqasini ta'minlaydi. Rozetkada qo‘shimcha modul o‘rnatish uchun ikkinchi slot (uycha) ham ko‘zda tutilgan. Sifatli va chidamli plastik korpusi xonada kabel va simlarning tartibli bo‘lishini ta'minlaydi. Standart montaj qutisiga (podrozetnik) ichki o‘rnatish uchun mo‘ljallangan.

