MSI PRO MAX 271PHW E14 — o‘yin, ish, o‘qish va multimedia uchun mo‘ljallangan zamonaviy 27 dyuymli monitor. IPS matritsa va Full HD 1920×1080 ruxsati tasvirning tiniq, ranglarning tabiiy va ko‘rish burchaklarining keng bo‘lishini ta’minlaydi.
144 Hz yangilanish chastotasi harakatlarni ancha ravon aks ettiradi, 1 ms MPRT javob vaqti esa tezkor o‘yinlarda tasvirning kechikishini kamaytirishga yordam beradi. Adaptive-Sync texnologiyasi ham dinamik sahnalarda tasvirning silliqligini oshiradi.
Monitor HDMI, DisplayPort va USB Type-C portlari bilan jihozlangan. Shu sababli uni kompyuter, noutbuk va boshqa mos qurilmalarga ulash qulay.
Ergonomik stend monitor balandligini sozlash (HAS), burish (Swivel), egish va ekranni vertikal holatga aylantirish (Pivot) imkonini beradi. Anti-Flicker, Less Blue Light va EyesErgo texnologiyalari uzoq vaqt ishlaganda ko‘zga tushadigan yukni kamaytirishga mo‘ljallangan.
Oq rangdagi zamonaviy korpus MSI PRO MAX 271PHW E14 monitorini nafaqat gaming setup, balki zamonaviy ofis va uy ish stoli uchun ham mos qiladi.

