Oddiy dizayni, tabiiy materiallari va zamonaviy yechimlari tufayli Happy Baby MOMMY hb bolalar krovatkasi chaqalog‘ingiz uchun tug‘ilganidan boshlab qulay va xavfsiz joy yaratadi. Krovatka to‘plamida lyulka uchun mayatnik mexanizmi hamda kengaytirish komplekti mavjud.
Lyulka sizga chaqalog‘ingizni doimo yaqin his qilish imkonini beradi – shunchaki ajratuvchi to‘siqni olib tashlab, lyulkani ota-ona krovatkasiga yaqinlashtiring. Shunda siz bolani qulay emizishingiz, holatini tekshirishingiz, ko‘rpasini to‘g‘rilashingiz yoki ovqatlantirgandan keyin yana krovatkaga yotqizishingiz mumkin. Chaqaloq esa onasining yonida o‘zini xavfsiz his qiladi.
MOMMY hb krovatkasining o‘ziga xos jihatlaridan biri — krovatka tag qismini qiyalatib o‘rnatish imkoniyati. Bu esa chaqaloq uyqu vaqtida tabiiy qayt qilish (srygivanie) bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olishga yordam beradi.
Qulaylikni yana reykali tag qismi ta’minlaydi. U balandligi bo‘yicha 4 xil holatda o‘rnatilishi mumkin.
Lyulka holatida ham, to‘liq krovatka holatida ham mayatnik mexanizmi mavjud bo‘lib, u chaqaloqning tezroq uxlab qolishiga va yanada tinch uyquga ketishiga yordam beradi.
To‘plamda maxsus fiksatorlar ham bor. Ular chaqaloq uyquda ag‘darilganda yoki uyg‘onganda krovatkaning o‘z-o‘zidan tebranib ketishini oldini oladi.
Kengaytirish komplekti yordamida lyulkani to‘liq o‘lchamdagi bolalar krovatkasiga aylantirish mumkin. Kattaroq bolalar uchun krovatkaning yon panjaralaridan biri bulut shaklidagi himoya cheklagich bilan almashtiriladi. Bu esa bolalar xonasining interyeriga chiroyli ko‘rinish beradi.

