• ISBN: 978-9943-9428-7-5
• Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
• Nomi: «Mo‘minning najoti. Mufassal zakot kitobi»
• Nashriyot: «Hilol-nashr» nashriyot-matbaasi
• Hajmi: 200 bet
• O‘lchami: 13.5x21.0 sm
• Muqovasi: yumshoq
• Alifbosi: kirill
• Tili: o‘zbek
«Mo‘minning najoti - mufassal zakot kitobi»
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari qalamlariga mansub «Mo‘minning najoti - mufassal zakot kitobi».
So‘z boshi
Islom dinining besh ruknidan uchinchisi bo‘lmish zakot ibodati haqida kerakli ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganish va bilish, ularga amal qilish har bir musulmon uchun ham farz, ham qarzdir. Shuning uchun zakot haqidagi bilimlarni keng tarqatishga hamisha ehtiyoj bo‘lgan va bu borada juda ko‘p kitoblar ta’lif qilingan. «Hadis va hayot» turkum kitoblarining sakkizinchi juzi ham aynan shu ruknga bag‘ishlangan edi. Bugun esa muhtaram o‘quvchilarimizga zakot haqida mufassal so‘z yuritilgan ushbu kitobni taqdim etayotganimizdan behad mamnunmiz va ular ushbu kitobdan o‘zlarini qiziqtirayotgan ko‘pgina savollarga javob topadilar, degan umiddamiz.
O‘quvchilarimiz bu kitobdan zakotning farzligi, uning fazilati haqida, zakoti beriladigan va berilmaydigan mollar haqida, zakotga haqdorlar va zakotning to‘g‘ri bo‘lish shartlari xususida batafsil ma’lumot oladilar. Shuningdek, mazkur «Mo‘minning najoti» kitobida ko‘pchilikni doimiy ravishda qiziqtirib keladigan masala – qaysi xildagi mollardan qay tarzda va qancha zakot chiqarilishi haqida ham so‘z yuritiladi. Yana unda chorva hayvonlaridan olinadigan zakotlar va mazhablarning bu boradagi fikrlari haqida ham atroflicha so‘z yuritiladi.
Ziroat mahsulotlaridan chiqariladigan, «ushr» deb yuritiladigan zakot haqida ham kengroq bayon qilindi, chunki aynan zakot hisoblangan bu narsada bir qadar xatoga yo‘l qo‘yilayotgani hech birimizga sir emas. Shuningdek, ziroat mahsulotlarining nisobi va bu sohaga tegishli ko‘pgina masalalar ham batafsil yoritildi.
Hozirgi kunimizda zakot haqida so‘z borganda asosan muomaladagi pullardan zakot chiqarish tushuniladigan bo‘lib qolgan. Qadimda esa tilla va kumush pullardan zakot chiqarilgan. Masalani aniq bilib olish uchun tilla va kumush pulning zakotini ham, naqd pulning zakotini ham, qog‘oz puldan qanday qilib zakot chiqarilishini ham, tijorat mollari zakoti, taqinchoqlar, yetimning moli va asalning zakotini ham chuqurroq o‘rganish lozimki, kitobda shu mavzularga ham alohida o‘rin ajratildi. Hayvonlardan olinadigan mahsulotlardan, yerosti va suvosti boyliklaridan zakot olinishi yoki olinmasligi haqidagi masalalar ham imkon qadar kengroq yoritildi.
Hozirga kelib, zamon va hayot tarzi tubdan o‘zgardi, musulmon ummati avvallari duch kelmagan juda ko‘p masalalar, muammolar yuzaga kelib qoldi. Shar’iy manbalarda zikr qilingan zakoti chiqarilishi lozim bo‘lgan mollardan qoidaga binoan zakot chiqarilaveradi, ammo bugungi kunga kelib, shar’iy manbalarda nomi zikr qilinmagan, ammo o‘zi daromad keltiradigan narsalar paydo bo‘ldi. Ularning zakoti beriladimi yoki yo‘qmi? Zakotni vaqtidan erta berish va o‘z yurtidan boshqa tomonga olib borish mumkinmi? Ushbu kitobda mazkur savollarning mufassal javobi ham bayon qilinadi. Shuningdek, unda zakot beruvchining ham, zakot oluvchining ham odoblari alohida-alohida zikr etilgan. Zakot va sadaqa olishi halol bo‘lgan va halol bo‘lmagan kishilar kimlar ekanini, zakot haqdorlarga qanday taqsimlanishini ham bilish lozim. Ana shunda kishilarga o‘z haqlarini o‘z vaqtida Alloh taolo ko‘rsatganidek qilib yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish osonlashadi.
Hozirgi kunimizda ko‘plab kishilar zakotga oid turli masalalar bo‘yicha tinmay savollar berib, tushunmagan narsalarini so‘rab turadilar. Chunki bu mavzuni o‘rganish yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan. Zakot haqida ona tilimizda alohida kitoblar kam chiqqan. Ushbu va boshqa ko‘pgina omillar hisobga olinadigan bo‘lsa, inshaalloh, qo‘lingizdagi kitobning bu boradagi ko‘pgina masalalarni to‘g‘ri tushunib olishga yordam beradi. Kamtarona urinishimiz mahsuli bo‘lgan mazkur kitob bilan tanishgan mulkdorlar Allohga moliyaviy ibodat qilib, o‘z vazifalarini ado etib, savob oladilar, muhtojlar esa o‘z haqlarini olib, bahramand bo‘ladilar, degan umiddamiz. Qodir Allohdan O‘zining roziligini tilab qilingan ushbu ojizona amalni barcha nuqsonlarini afv etgan holda qabul qilishini, muhtaram o‘quvchilarimizdan esa sahvu xatolarimizni isloh qalami ila tuzatib mutolaa qilishlarini so‘rayman.
Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Nomi: «Mo‘minning najoti. Mufassal zakot kitobi»
Nashriyot: «Hilol-nashr» nashriyot-matbaasi
Sana: (2018) 2023 yil
Hajmi: 200 bet
ISBN: 978-9943-9428-7-5
O‘lchami: 84×108 1/32
Muqovasi: yumshoq
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 4559-sonli xulosasi ila chop etilgan.
Mundarija
So‘zboshi
Zakot qanday ibodat?
Qur’oni Karim zakot haqida
Zakot haqidagi hadisi shariflar
Zakotning fiqhiy hukmlari
Chorva hayvonlarining zakoti
Tuyadan olinadigan zakot miqdori
Tuyadan olinadigan zakot jadvali
Qoramolning zakoti
Qoramollarning zakot miqdori
Qo‘y-echkilarning zakoti
Qo‘ylardan olinadigan zakot miqdori
Otning zakoti
Zakot berilmaydigan hayvonlar
Zakotga olinadigan hayvonlar
Chorva mahsulotlaridan zakot olinadimi?
Tilla va kumushning zakoti
Naqd puldan olinadigan zakot
Puldan zakot qanday chiqariladi?
Tijorat mollarining zakoti
Tijorat molidan qiymatini zakotga chiqarish
Nisob kamayishi masalasi
Tushgan foydadan zakot beriladimi?
Turli boyliklar bir-biriga qo‘shiladi
Ushbu mavzuga oid savol-javoblar
Tilla-kumush buyumlar, idishlar
va taqinchoqlarning zakoti
Mavzuga oid savol-javoblar
Hovli-joy, uy jihozlari, ulovlar va ish
qurollarining zakoti
Qarz oldi-berdisidagi zakot haqida
Kon va yerosti boyliklarining zakoti
Qimmatbaho toshlarning zakoti
Suvosti boyliklarining zakoti
Asal va yerdan chiqqan ziroatlarning zakoti
Ziroat mahsulotlarining zakoti
Zakot beriladigan toifalar
Faqir va miskinlar toifasi
Zakotda ishlovchilar toifasi
Qalblari ulfat qilinadiganlar toifasi
Qullar toifasi
Qarzdorlar toifasi
«Fisabilillah» toifasi
Ibn sabil toifasi
Zakot olishi mumkin bo‘lmaganlar
Zakot kimlarga berilib, kimlarga berilmaydi?
Zakot haqdorlarga qanday taqsimlanadi?
Zakotga oid turli masalalar
Zakot ajratishda yilning hisobi
Tijorat mollarining zakoti
Sanoat mahsulotlarining zakoti
Shirkatlar va hissalarning (aksiyalarning) zakoti
Daromadlarning zakoti
Harom yo‘l bilan topilgan moldan
zakot beriladimi?
Mavzuga oid savol-javoblar
Zakot beruvchining vazifalari
Zakot oluvchining vazifalari
Zakot bo‘yicha dunyo shar’iy hay’ati haqida
qisqacha ma’lumotlar
So‘ngso‘z o‘rnida
Xotima
Manbalar ro‘yxati

