Jorj Oruellning «Molxona» asarida ferma hayvonlarining ozodlik va farovon hayot uchun kurashi tasvirlanadi. Hayvonlar xo‘jayinlarini haydab chiqarib, tenglik va birodarlikka asoslangan jamiyat qurishga intiladilar. Biroq vaqt o‘tishi bilan dastlabki ezgu g‘oyalar hokimiyat va diktaturaga aylanib boradi. Asar 1917-yilgi Rossiya inqilobi hamda Sovet Ittifoqidagi mustabid tuzumga nisbatan satirik allegoriya sifatida talqin qilinadi.

